Xorazm Ma'mun akademiyasi

“ADOLAT” GAZETASINING MUXBIRI BILAN UCHRASHUV

11-08-2021     So'nggi yangiliklar

2021- yilning 10-avgust kuni “Adolat” sotsial-demokratik partiyasining rasmiy nashri hisoblangan “Adolat” ijtimoiy-siyosiy gazetasining muxbiri Komil Matyoqubov Xorazm Ma’mun akademiyasi “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” bo’limi ilmiy xodimlari bilan uchrashdi. O’tkazilgan kichik davra suhbati davomida akademiyaning ilmiy xodimlari va gazeta tahriryati o’rtasidagi integratsiyani yanada kuchaytirish, ilmiy hamkorlikda ishlash, ilmiy-ommabop maqolalarni gazeta sahifalarida nashr etish shartlari kabi masalalar yuzasidan muhokama bo’lib o’tdi. Ushbu davra suhbati davomida Xorazm Ma’mun akademiyasi ilmiy xodimlari va “Adolat” ijtimoiy-siyosiy gazetasi tahriryati o’rtasida yaqindan xamkorlikni yo’lga qo’yishga kelishib olindi. Suhbatda Xorazmning davlatchilik tarixi bo`yicha ilmiy tadqiqot natijalarini targ’ib etish, tarix fanlari tadqiqotlarining O`zbekiston va kishilik jamiyati tafakkuri shakllanishidagi o`rni va roli masalalari muhokama qilindi.