Xorazm Ma'mun akademiyasi

Kamiljon Xudoyberganov tavalludining 70 yilligiga bag'ishlangan tadbir bo'lib o'tdi

24-07-2021     So'nggi yangiliklar

Bugun Xorazm Ma'mun akademiyasining faxriy a'zosi, Ichan qal'a muzey qo'riqxonasi ilmiy kotibi, tarix fanlari nomzodi Kamiljon Xudoyberganov tavalludining 70 yilligiga bag'ishlangan tadbir bo'lib o'tdi. Tadbirda Xorazm Ma'mun akademiyasi raisi, biologiya fanlari doktori, prof. Ikrom Abdullayev so'zga chiqib Kamiljon Xudoyberganov 70 yoshni qarshilagani munosabati bilan samimiy muborakbod etdi. So'ngra Kamiljon Xudoyberganovning shogirtlari so'zga chiqib, ustozni tabriklab uzoq umr, sixat salomatlik, oilaviy baxt, kelgusi ishlariga omadlar va zafarlar tilashdi.