Xorazm Ma'mun akademiyasi

Xorazm Ma'mun akademiyasida Respublika ilmiy amaliy konferensiyasi bo'lib o'tdi

11-06-2021     So'nggi yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘gʻrisida”gi  PQ-5117-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Xorijiy tillarni o`rganishni ommalashtirish agentligi, Urganch davlat universiteti hamda Xorazm Ma`mun akademiyasi hamkorligida joriy yilning 10-iyun kuni  Xorazm Ma'mun akademiyasida "Madaniyatlararo muloqot: tilshunoslik, adabiyotshunoslik, folklorshunoslik va tarjimashunoslikning dolzarb masalalari" mavzusida    respublika ilmiy-amaliy anjumani o`tkazildi.  Anjumanni Xorazm Ma'mun akademiyasi raisi I.Abdullayev ochib berdi. Shundan so`ng, kun tartibidagi masalalar yuzasidan Xorijiy tillarni o`rganishni ommalashtirish agentligi vakillari, Xorazm Ma'mun akademiyasi ilmiy hodimlari, Urganch Davlat universiteti prafessor o'qituvchilari,  shuningdek, Zoom platformasi orqali  nufuzli  xorijiy universitetlarning  professor-o`qituvchilari so`zga chiqib, oliy ta`lim tizimida xorijiy tillarni samaradorligini oshirish,  ta’lim oluvchilarning chet tilida fikr yuritish, erkin nutqni amalga oshira olish qobiliyatlarini rivojlantirish, intellektual faoliyatini shakllantirish, talabalarga chet tilidan sifatli ta’lim bera olish, ularda xorijiy tildagi og’zaki muloqotda ishtirok etish ko’nikmasini shakllantirish kabi dolzarb masalalar yuzasidan so`zga chiqdilar.