Xorazm Ma'mun akademiyasi

“XORAZM SHAHARLARI TARIXI ZAMONAVIY TADQIQOTLARDA” MAVZUSIDA RESPUBLIKA ILMIY ANJUMANI

24-05-2021     So'nggi yangiliklar

2021-yil 21-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix instituti, Xorazm Ma’mun akademiyasi hamkorligida “Xorazm shaharlari tarixi zamonaviy tadqiqotlarda” (qadimdan –XX asr 20-yillarigacha) mavzusida Respublika ilmiy anjumani o‘tkazildi. Anjumanni O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix instituti direktori Azamat Ziyo ochib berdi va bu anjumanning O‘zbekiston shaharlari, xususan, Xorazm shaharlari tarixini o‘rganishda muhim ahamiyatga egaligini ta’kidladi.

So‘ng Xorazm Ma’mun akademiyasi raisi Ikrom Abdullayev so‘zga chiqib, ushbu anjuman ishtirokchilarini samimiy qutladi hamda ilmiy anjumanni doimiy ravishda o‘tkazish zarurligini, bu yoshlar orasida Vatanimiz shaharlari tarixini o‘rganishni targ‘ib qilish, ular qalbida o‘z tarixiga nazar tashlab, milliy g‘urur tuyishi, o‘z bobokalonlarining buyukligidan iftixor tuyg‘usini his qilishi zarur ekanligini alohida ta’kidladi. Shundan so‘ng anjuman ishtirokchilari o‘zlarining ilmiy ma’ruzalari bilan tanishtirdilar. Anjuman o‘zaro savol-javob, qizg‘in bahs-munozaraga boy bo‘ldi.