Xorazm Ma'mun akademiyasi

Isroilning Holon texnologiyalar instituti bilan hamkorlik

30-04-2021     So'nggi yangiliklar

2021 yil 29 aprel kuni Xorazm Ma’mun akademiyasi, Urganch davlat universiteti hamda Izrailning Holon texnologiyalar instituti o’rtasida onlayn uchrashuv bo’lib o’tdi. Uchrashuvda Xorazm Ma’mun akademiyasi raisi I.Abdullayev, Urganch davlat universiteti rektori B.Abdullayev va Holon texnologiyalar institute direktori E.Yakubov va mazkur tashkilotlarning xodimlari ishtirok qildilar. Uchrashuvda shuningdek O’zbekistonning Isroildagi favqulotda va muxtor elchisi F.Maxmudova ham ishtirok etdilar.

Uchrashuvda tomonlar o’zaro hamkorlik memorandumlari imzoladilar hamda keying qilinadigan ishlar va olib borilishi mumkin bo’lgan hamkorlik yo’nalishlar haqida fikrlar almashdilar. Keyingi bosqichda hamkorlikda yo’l xaritalari ishlab chiqilib, shular bo’yicha ishlar olib borishga kelishib olindi.