Xorazm Ma'mun akademiyasi

"CHILPIQ” ME’MORIY YODGORLIGINI SAQLAB QOLISH BO’YICHA TAKLIF BERILDI

23-04-2021     So'nggi yangiliklar

Qoraqalpog’istondagi paxsadevor qal’alarning texnik holatlarini baholash bo’yicha tahlillardan kelib chiqib, Chilpiq dahmasini saqlab qolish va ta’mirlash bo’yicha Xorazm Ma'mun akademiyasi ilmiy xodimlari tomonidan konstruktiv yengil vantli qurilmaning loyihasi  ishlab chiqildi. Bu katta masofali inshoot oralig’ini yopishda metall fermalar, strukturalar, vantlar va membranalar foydalanish bo'yicha takliflar berildi. Jahon qurilish tajribasida metall vantli konstruksiyalardan keng foydalanishini inobatga olib, ushbu yengil qurilma ikki belbog’li cho’zilishga ishlaydigan tom yopma konstruksiyasi hisoblab chiqqan holda taklif loyiha ishlab chiqildi.